MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY IJODIDA AYOL OBRAZI
Keywords:
Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadidchilik, ayol obrazi, gender tenglik, ma’rifat, Padarkush, dramaturgiya, publisistika, milliy uyg‘onish, tarbiya, oila, ijtimoiy ong, ayol erkinligi.Abstract
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodida ayol obrazi va gender tenglik masalasi tahlil qilinadi. Adibning dramaturgik va publisistik merosi, xususan, Padarkush dramasi misolida ma’rifatsizlik, ayolning huquqsizligi hamda jamiyat tanazzuli o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Maqolada jadid adabiyotining asosiy g‘oyalaridan biri – ayolni ma’rifat orqali jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisiga aylantirish tamoyili yoritiladi. Behbudiy ayolni millat tarbiyachisi, ma’naviy tayanch va kelajak bunyodkori sifatida talqin etadi. Shuningdek, uning publisistik asarlarida qizlar ta’limi, oilaviy sog‘liq, nikoh madaniyati va axloqiy mas’uliyat masalalariga berilgan e’tibor tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, Behbudiy ijodida ayol obrazi jadidchilik g‘oyalarining markaziy tayanchi hamda milliy uyg‘onish ramzi ekanligi asoslanadi.
References
1. Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi. – Toshkent: Akademnashr, 1918. – B.95-106.
2. Behbudiy M. Turk adami markaziyat (federalist) firqasining maromnomasi – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.156-162.
3. Behbudiy M. Qiz bolalarning tarbiyasi. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.178.
4. Behbudiy M. Xotun olmoqni kerakligi – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.191-192.