OLIY TA’LIMDA “USTOZ-SHOGIRD” TIZIMINING YARATILISHI, TAKOMILLASHIB BORISH XUSUSIYATLARI VA RAQOBAT USULLARI
Keywords:
Ustoz-shogird tizimi, mentoring, tyutoring, oliy ta’lim, sog‘lom raqobat, statistik tahlil, kredit-modul tizimi, kasbiy kompetentlik, kognitiv rivojlanish.Abstract
Mazkur tadqiqot maqolasida oliy ta’lim tizimida “ustoz-shogird” (mentoring, tyutoring, kouching) tizimining tarixiy shakllanishi, dunyoviy ilm-fan va zamonaviy pedagogika talablari asosida takomillashib borish xususiyatlari ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqotda an’anaviy sharqona murabbiylik usullarining zamonaviy kredit-modul tizimidagi o‘rniga baho berilib, shogirdlarning mustaqil fikrlashi va kasbiy kompetentligini oshirishda sog‘lom raqobat usullarining roli ochib berilgan. Empirik kuzatuvlar va statistik tahlillarga tayangan holda, mentorlikning talaba o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri grafiklar va jadvallar yordamida asoslangan.
References
№ Foydalanilgan manbalar: SNOSKALAR
1 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-637-son, 23.09.2020 y.). – Toshkent: “Adolat” nashriyoti, 2020 yil. Mazkur qonunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari va iste’dodini rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. {1}
2 "Al-olim va al-mutaallim" (Ustoz va shogird) kitobi asosida. Imom A’zam (rahmatullohi alayh)ning o‘z shogirdlari Imom Abu Muqotil ibn Muslim bilan bo‘lib o‘tgan savol-javoblaridan olingan tarixiy ma’lumotlar. {2}
3 Karimov I.A. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq» NMIU, 1997. – B. 3-4. {3}
4 Alisher Navoiyning ustoz Abdurahmon Jomiyga bo‘lgan yuksak ehtiromi haqidagi tarixiy manbalar va rivoyatlar asosida keltirildi
5 Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: “Fan”, 2006. – B. 45-50.
6 Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1997. – B. 18. (Ta’lim-tarbiya jarayoni va kadrlar tayyorlashning muhimligi haqidagi ma’ruzadan iqtibos).
7 Jurabaev K.N. Ustoz-shogird tizimida raqobat usullari. A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI ilmiy-amaliy to‘plami. – Toshkent, 2021 yil. (Muallifning raqobat usullari va strategik maqsadlarga oid qarashlaridan keng foydalanildi). {4}
8 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni ilovasi). {5}
9 Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. (Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik). – Toshkent: TDPU, 2006. – B. 112-115. {6}
10 Rizouddin Ibn Faxriddin asarlari va Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida ustoz-shogird odoblari va xulq-atvorga oid ilmiy xulosalari. {7}
Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2013. – B. 98-105.