BOLALAR NUTQIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

Authors

  • Asqarova Guljahon Rahmatjon qizi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti O‘zbek tili filologiyasi 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

frazeologik birikma, bolalar nutqi, sotsiolingvistika, semantik ma’no, ijtimoiy muhit, nutq madaniyati.

Abstract

Bolalar nutqi o‘zining tabiiylik va soddaligi bilan ajralib turadi. Ular til o‘rgangan dastlabki davrlarida ko‘pincha tovushga taqlid asosidagi so‘zlardan, qisqartirilgan iboralardan va ko‘plab frazeologik birliklardan foydalanadilar. Chunki bolalar o‘zlari tushungan, ko‘rgan yoki eshitgan so‘z va iboralarni takrorlashga, ularga taqlid qilishga moyil bo‘lishadi. Ular uchun frazeologik birliklar ham o‘yin-kulgi vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqot davomida bolalar nutqida uchraydigan frazeologik birikmalar misollar orqali tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar nutqida frazeologik birliklar ko‘pincha ijtimoiy muhit, do‘stlar davrasi va ommaviy axborot vositalari ta’sirida shakllanadi. Ushbu maqola bolalar nutqini o‘rganishda sotsiolingvistik yondashuv muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.        

References

1.O‘zbek tili leksikologiyasi o‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti,Toshkent: Fan, 1981. -B.160.

2.Mamatov A.E."O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi.-T.:1997.-B.37

3.Yo‘ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir. T.:O‘TA.1992.3-son.-B.37-42.

4. Rahmatullayev Sh ., Oʻzbek frazeologiyasining baʼzi masalalari, T., 1966; Rahmatullayev Sh., Oʻzbek tilining izohli frazeologik lug‘ati, T., 1978.

Downloads

Published

2026-06-30