MAKKAJO‘XORI YETISHTIRISHDA HOSILDORLIKNING PASAYISHI MUAMMOSI VA UNI RAQAMLI AGROTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA HAL ETISH YO‘LLARI

Authors

  • Abdulg‘aniyeva Dinoraxon Abdullajon qizi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti. dinoraabdulganiyeva@mail.com Author

Keywords:

makkajo‘xori, raqamli texnologiyalar, dron, NDVI, AI, tuproq sensorlari, zondlash, fenotiplash, biostimulyatorlar.

Abstract

Mazkur tadqiqotda makkajo‘xori yetishtirish jarayonida hosildorlikni pasaytiruvchi asosiy omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishda zamonaviy raqamli agrotexnologiyalar imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda masofaviy monitoring, aqlli sensor tizimlari, sun’iy intellektga asoslangan tahliliy platformalar hamda aniq dehqonchilik texnologiyalaridan foydalanish orqali tuproq namligi, oziqa moddalari va o‘simlik holatini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida agrotexnik tadbirlarni optimallashtirish orqali resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni barqaror oshirish yo‘llari asoslab beriladi.

References

1. Sh.M. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. B. 56.

2.O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. Statistika.10-son B-19

3.José Luis Araus “Phenotyping conservation agriculture management effects on ground and aerial remote sensing assessments of maize hybrids performance in Zimbabwe”. Remote Sensing 2018. Vol. 10(2)P-349

4.Patrick du Jardin “Plant biostimulants: Definition, concept, main categories and regulation”. Scientia Horticulturae. 2015. Vol. 196. pp. 3–14.

5.Seth Murray “Genetic improvement of maize yield and stress tolerance using modern breeding and phenotyping approaches”. Crop Science. 2019. Vol. 59. pp. 1–15.

6.Sherimov Dilshodbek Shavkat o‘g‘li, To‘rayeva Gulzira Muzaffarovna. Biostimulyatorlardan –sarimsoq piyozni yetishtirishda samarali foydalanish. “Ustozlar Uchun” 61-son 2–to‘plam Sentyabr 2024.

Downloads

Published

2026-06-30