MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARINI NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI
Keywords:
sog‘lomlashtirish tadbirlari, jismoniy faollik, maktab o‘quvchilari, sog‘lom hayot tarzi, jismoniy tarbiya, o‘quv muhit, amaliy faoliyat.Abstract
Maqsad: Ushbu maqola maktab o‘quvchilarining jismoniy faolligini oshirishda sog‘lomlashtirish tadbirlarining nazariy va amaliy ahamiyatini yoritish, bolalarning sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda bu tadbirlarning naqadar muhim ekanini ochib berishni maqsad qiladi. Tadqiqot bolalarda harakat madaniyatini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash va kelgusida sog‘lom jamiyat shakllanishiga asos yaratishga qaratilgan.
Usul: Tadqiqot nazariy va amaliy tahlil asosida olib borildi. Ilmiy manbalar o‘rganildi, so‘nggi yillardagi tajriba natijalari va statistika ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Maktab sharoitida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, turli sport va harakatli o‘yinlar tashkil etishning pedagogik, psixologik va fiziologik talablari ilmiy asosda tadqiq qilindi.
Natija: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, maktabda sog‘lomlashtirish tadbirlarini muntazam va tizimli yo‘lga qo‘yish bolalarda jismoniy va ruhiy sog‘likni mustahkamlash, aqliy faoliyat samaradorligini oshirish, motivatsiya va o‘zini o‘zi rivojlantirishga qiziqishni kuchaytiradi. Sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar yordamida o‘quvchilarning harakat ehtiyoji to‘laqonli qondiriladi, immuniteti oshadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi rivojlanadi va sog‘lom turmush tarzi asoslari shakllanadi.
Xulosa: Maktab o‘quvchilarining jismoniy faolligini oshirishda sog‘lomlashtirish tadbirlarining ilmiy asoslagan, tizimli va har tomonlama yondoshuvda tashkil etilishi eng muhim mezonlardan biridir. Ular orqali sog‘lom, faol va barkamol avlodni tarbiyalash hamda kelajakda salomat jamiyatni shakllantirish uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
References
1. Karimov G‘.A., Tursunov U.R., “Maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi va sog‘lomlashtirish asoslari”, Toshkent, 2022.
2. Maxkamova Z.X., “Bolalarda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish”, Samarqand, 2021.
3. Rahmatov A.B., Xayitov M.R., “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya”, Namangan, 2020.
4. Umarov T.K., “Jismoniy faollik va bolalar sog‘lig‘i”, Toshkent, 2019.
5. Xolmurodova S.K., “Sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarning psixologik jihatlari”, Andijon, 2023.
6. Jabborov M.J., “Inson va salomatlik”, Toshkent, 2022.
7. Ackerman, P.L., “Physical Activity and Child Development”, New York, 2020.