MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA “MEN” OBRAZI SHAKLLANISHINING EMOTSIONAL ASOSLARI VA IJTIMOIY MOSLASHUVGA TA’SIRI

Authors

  • Mirsaidova Gulnora Kaxramonovna Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 437-DMTT direktori Author

Keywords:

“Men” obrazi, maktabgacha yosh, emotsional rivojlanish, o‘zini anglash, ijtimoiy moslashuv, emotsional baholash.

Abstract

“Men” obrazi shaxsning o‘zini anglash, o‘ziga nisbatan munosabat va ichki baholash tizimini ifodalovchi muhim psixologik tuzilma hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrida “Men” obrazi faol shakllanish bosqichida bo‘lib, ushbu jarayon asosan emotsional tajriba va ijtimoiy munosabatlar orqali rivojlanadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda “Men” obrazining emotsional asoslari hamda uning ijtimoiy moslashuvga ta’siri psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Nazariy tahlil asosida emotsional tajriba, emotsional baholash va ijtimoiy o‘zaro ta’sir “Men” obrazining shakllanishida yetakchi omillar sifatida yoritiladi. Tadqiqot natijalari “Men” obrazi barqaror shakllangan bolalarda ijtimoiy moslashuv, emotsional barqarorlik va prosotsial xulq-atvor yuqori darajada namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.

References

1. Выготский Л.С. Мышление и речь. — Москва: Педагогика, 1982.

2. Эльконин Д.Б. Психология игры. — Москва: Педагогика, 1999.

3. Божович Л.И. Личность и её формирование в детском возрасте. — Москва: Педагогика, 2008.

4. Запорожец А.В. Развитие эмоциональной регуляции поведения у детей. — Москва: Просвещение, 1986.

5. Мухина В.С. Возрастная психология. — Москва: Академия, 2010.

6. Ғозиев Э.Ғ. Yosh davrlar psixologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2004.

7. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. — Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

Downloads

Published

2026-04-30