SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING MEDIA TIZIMIGA INTEGRATSIYASI, AFZALLIKLAR VA XAVF-XATARLAR

Authors

  • Cho‘lliyev Shoxrux Ibadullayevich O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent, O‘zbekiston chulliyevshohruh@gmail.com ORCID: [0000-0003-0935-1774] Author

Keywords:

sun’iy intellekt, media integratsiyasi, media tizimi, afzalliklar, xavflar, O‘zbekiston media sohasi, chuqur soxtalashtirish, algoritmik qarorlar.

Abstract

Ushbu tezisda zamonaviy media tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining integratsiyasi jarayoni, uning asosiy afzalliklari va xavf-xatarlari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston kontekstida SI ning media sohasidagi ahamiyatini, xususan, Prezidentning 2024-yil 4-oktabrdagi PQ-358-sonli qarorida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bilan bog‘lab o‘rganadi. Nazariy tahlil, holatlar tahlili va tizimli qiyosiy usullar yordamida media ishlab chiqarish, tarqatish va iste'mol qilishning barcha bosqichlarida SI qo‘llashning iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik ta'sirlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, SI kontent yaratish jarayonlarini avtomatlashtirish, xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish (30% gacha) va auditoriya bilan shaxsiylashtirilgan aloqa o‘rnatish orqali media sanoatini transformatsiya qilmoqda. Shu bilan birga, chuqur soxtalashtirilgan kontent (deepfakes) tarqalishi, algoritmik tarafkashlik, intellektual mulk huquqlari buzilishi va mehnat bozoridagi o‘zgarishlar kabi jiddiy xavflarni ham keltirib chiqarmoqda. Xulosa qilib aytganda, SI integratsiyasidan samarali foydalanish va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish uchun mustahkam qonuniy baza, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish va milliy SI platformalarini rivojlantirish zarurligi ta'kidlanadi.

References

1. Morgan Stanley. (2025, 17-iyul). How AI Benefits-and Threatens-the Entertainment Industry. https://www.morganstanley.com/insights/articles/ai-in-media-entertainment-benefits-and-risks

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2024, 4-oktyabr). "Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" PQ-358-son.

3. Warren Averett. (2025, 28-aprel). AI Risk Management: Weighing the Pros and Cons of AI in Your Business. https://warrenaverett.com/insights/ai-risk-management/

4. Tableau. (n.d.). What are the advantages and disadvantages of artificial intelligence (AI)? https://www.tableau.com/data-insights/ai/advantages-disadvantages

5. Kun.uz. (2024, 9-yanvar). Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali? https://kun.uz/news/2024/01/09/suniy-intellekt-qanchalik-xavfli-yoki-foydali

Downloads

Published

2026-02-27