MEDIA MAKONIDA SUN’IY INTELLEKT, INNOVATSION IMKONIYATLAR VA IJTIMOIY OQIBATLAR
Keywords:
media makoni, sun’iy intellekt, innovatsion imkoniyatlar, ijtimoiy oqibatlar, filtr pufagi, algoritmik tarafkashlik, media savodxonligi.Abstract
Ushbu tezis media makonida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan innovatsion imkoniyatlar va ularning ijtimoiy oqibatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Media makoni an'anaviy OAV, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va yangi media formatlarini o‘z ichiga olgan dinamik muhit sifatida qaraladi. Tadqiqotning nazariy asosini kommunikatsiya, jamiyat va texnologiya o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirga bag‘ishlangan ilmiy ishlar tashkil etadi. Metodologik jihatdan, holatlar tahlili, tizimli qiyosiy tahlil va mantiqiy tahlil usullari qo‘llangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, SI media makonida kontentni shaxsiylashtirish, avtomatik moderatsiya, ma'lumotga asoslangan jurnalistika va kreativ vositalar sifatida qo‘llash orqali mislsiz imkoniyatlar ochadi. Biroq, ushbu imkoniyatlar "filtr pufagi" (filter bubble) effekti, algoritmik tarafkashlik, yirik texnologiya kompaniyalarining hokimiyatining markazlashuvi va mehnat bozoridagi strukturaviy o‘zgarishlar kabi chuqur ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Xulosa qilib aytganda, SI taraqqiyotining ijobiy yo‘nalishini saqlab qolish va uning salbiy ijtimoiy ta'sirlarini kamaytirish uchun shaffof va mas'uliyatli algoritmlarni talab qilish, media va SI savodxonligini oshirish, mustahkam tartibga solish mexanizmlarini joriy etish va kadrlar tayyorlash siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta'kidlanadi.
References
1. Techavidus. (n.d.). What is the Impact of AI in Social Media? https://www.techavidus.com/blogs/ai-in-social-media
2. GoBubble. (n.d.). The Impact of AI on Social Media: Challenges and Opportunities. LinkedIn. https://www.linkedin.com/pulse/impact-ai-social-media-challenges-opportunities-gobubble-2ftue
3. Morgan Stanley. (2025, 17-iyul). How AI Benefits-and Threatens-the Entertainment Industry. https://www.morganstanley.com/insights/articles/ai-in-media-entertainment-benefits-and-risks
4. Kun.uz. (2024, 9-yanvar). Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali? https://kun.uz/news/2024/01/09/suniy-intellekt-qanchalik-xavfli-yoki-foydali
5. Warren Averett. (2025, 28-aprel). AI Risk Management: Weighing the Pros and Cons of AI in Your Business. https://warrenaverett.com/insights/ai-risk-management/