YANGI O‘ZBEKISTONNING TA‘LIM SOHASIDAGI INQILOBIY O‘ZGARISHLARI
Keywords:
ta’lim sifati, baholash mexanizmlari, maktab direktori, raqamli monitoring, kompetensiyaga asoslangan baholash, PISA, TIMSS, PIRLS, innovatsion boshqaruv, sun’iy intellekt, Yangi O‘zbekiston.Abstract
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta’lim sifatini baholashning zamonaviy mexanizmlari hamda maktab direktori roli atroflicha tahlil qilinadi. PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro baholash dasturlarining milliy ta’lim tizimi bilan uyg‘unligi, kompetensiyaga asoslangan baholash yondashuvlari, raqamli monitoring platformalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Maktab direktorining strategik rejalashtirish, pedagogik jamoani rag‘batlantirish, jamoatchilik bilan samarali hamkorlik o‘rnatish va raqamli boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ta’lim sifatini oshirishdagi yetakchi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganish va milliy baholash agentliklari faoliyatini rivojlantirishning strategik ahamiyati asoslab beriladi. Maqola maktab rahbarining zamonaviy menejment, raqamli savodxonlik hamda innovatsion boshqaruv kompetensiyalarini yuksaltirishning dolzarbligini ochib beradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2022.
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahriri). Toshkent, 2020.
3. OECD. PISA 2022 Results. Paris: OECD Publishing, 2023.
4. Xudoyberdiyeva M. “Ta’lim sifatini boshqarishda innovatsion yondashuvlar”. O‘zbekiston pedagogika jurnali, 2023.
5. Jo‘rayev B. “Raqamli ta’lim: imkoniyatlar va istiqbollar”. Toshkent: Fan va texnologiya, 2024.