TARIX FANI NIMANI O‘RGANADI?
Keywords:
Tarix, moddiy manbalar, yozma manbalar, arxiv, tarixiy hujjatlar, avesto.Abstract
Ushbu ommabop maqola tarixiy badiiy uslubda sarlavha qismimizga javob beradi. Tarixni nima uchun o’rganishimiz kerak, tarixning bizga qanday foydali taraflari bor. Tarix fanining mazmuni, uning o’rganish obyekti va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Tarix hozirgi kunimizda qanchalik darajada zaruriy ekanligini yoritishga harakat qilaman. Maqolada turli xil manbalardan hamda ko’zga ko’ringan va ko’pchilikka o’zining ilmi hamda ziyrakligi bilan tanilgan olimlarimizning fikirlaridan keltiraman. Maqsadim holis, bu maqolaning natijasida tarix faniga kirayotgan yoki qiziqish arafasida turganlar uchun turtki bo’ladi degan umiddaman va tarixiy manbalar haqida ham ma’lumotlar taqdim etaman. Maqsadim tushunarli bo’lgan bo’lsa, annotatsiya qismimizni yakunlagan holimda kirish qismiga o’tsak ham bo’ladi.