O‘ZBEKISTONNING "YASHIL IQTISODIYOT"GA O‘TISH STRATEGIYASI: MAVJUD MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLI IMKONIYATLAR

Authors

  • Aminova Feruza O‘ktam qizi Author
  • Ashirova Gulchehra Abdug‘ani qizi Author

Keywords:

yashil iqtisodiyot, energiya samaradorligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, havo ifloslanishi, barqaror rivojlanish, energiya tejamkorlik, iqtisodiy siyosat, O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonning “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi tahlil qilindi. Maqola aniq ma’lumotlarni tahlil qilgan qolda qaysi omila qaysisiga bog’liqligini ham ko’rsatib bera oladi. Tadqiqotda energiya sig‘imi, elektr energiyasi ulushi, qayta tiklanuvchi energiya, havo ifloslanishi va chuchuk suv kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qayta tiklanuvchi energiyaning ko‘payishi iqtisodiyotning energiya intensivligini kamaytiradi, lekin havo ifloslanishining oldini olish uchun qo‘shimcha choralar zarur. Tadqiqotda 21 ta kuzatuv ma’lumotlari asosida regressiya, korrelyatsiya va grafik tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya ulushining ortishi iqtisodiyotning energiya sig‘imini kamaytiradi, bu esa yalpi ichki mahsulot o‘sishida ijobiy rol o‘ynaydi. So’rovnoma orqali aholi fikrini ham o’rgangan holda tahlil qiladi. Shu bilan birga, havo ifloslanish sabablarini aniqlaydi va bir qancha yechimlar taklif qiladi. havo ifloslanishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda energiya samaradorligi pastligi aniqlangan. Bu esa ekologik omillarni iqtisodiy siyosatga integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi. Kelajakda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchi manbalarni rivojlantirish va resurslardan oqilona foydalanish orqali O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish imkoniyatlari oshadi.

References

Downloads

Published

2026-02-27