TARIX FANLARINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Keywords:
Sun’iy intellekt, tarix ta’limi, ta’lim texnologiyalari, raqamli pedagogika, individual ta’lim, vizualizatsiya.Abstract
Maqola tarix fanlarini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlarini yoritishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi — tarix ta’limi jarayoniga sun’iy intellekt vositalarini integratsiyalash orqali o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish va o‘qitish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tahlil qilishdir. Usul sifatida taqqoslash, tahlil, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish hamda amaliy qo‘llanmalarni tahliliy o‘rganish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalari tarixiy ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, shaxsiylashtirilgan o‘qitish va interaktiv o‘quv muhitini yaratishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Maqola yakunlari tarix fani o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt integratsiyasi o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Xulosa sifatida, sun’iy intellekt tarix ta’limini modernizatsiya qilishda strategik vosita ekanligi asoslab berilgan.
References
[1] Ergashev R., Rakhmonov S. “O‘zbekistonda raqamli ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish.” Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar jurnali, 2023.
[2] Gafurova N. Raqamli kompetensiyalar va sun’iy intellekt asosida ta’limni modernizatsiya qilish. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022.