BOYITILGAN MAHALLIY BENTONITLAR ASOSIDA YUQORI SAMARALI KOLLOID-DISPERS TIZIMLAR OLISHNING FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI

Authors

  • Abduraxmonov Muhammadrahim Erkinovich Denov Tumanidagi 23-maktab kimyo fani o‘qituvchisi Author

Keywords:

Bentonit, boyitish, modifikatsiyalash, kolloid, barqarorlik, reologiya, montmorillonit, suspenziya, struktura, xomashyo, disperslik, gidrofillik.

Abstract

Tadqiqotda mahalliy bentonit gillarini boyitish va ishqoriy modifikatsiyalash orqali ulardan yuqori samarali kolloid-dispers tizimlar olishning fizik-kimyoviy asoslari oʻrganildi. Buning uchun mineral xomashyo dastlab tarkibidagi yot moddalardan ajratilib, natriy karbonat Na2CO3 eritmasi bilan maqsadli modifikatsiyalandi hamda tizimning kolloid-kimyoviy va reologik xossalarini aniqlashda zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanildi. Boyitish jarayoni natijasida gil tarkibidagi montmorillonit mineralining konsentratsiyasi oshishiga erishildi. Tajribalarda ishqoriy faollashtirish zarrachalararo elektrostatik itarishish kuchlarini kuchaytirib, suspenziyaning sedimentatsion barqarorligini keskin oshirishi va tizimda mustahkam koagulyatsion-struktura toʻri shakllanishiga olib kelishi aniqlandi. Olingan yakuniy natijalar mahalliy gillar asosida import oʻrnini bosuvchi burgʻulash qorishmalari va bogʻlovchi materiallar tayyorlash imkonini beradi hamda ushbu mineral xomashyolardan sanoatda samarali foydalanishning fundamental asosi boʻlib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-09-13