MAKTABGACHA TA’LIMDA SIFAT INQIROZI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA BOLALARDA XXI ASR KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Keywords:
maktabgacha ta’lim, ta’lim sifati, XXI asr ko‘nikmalari, innovatsion texnologiyalar, pedagog kompetensiyasi, bolalarni rivojlantirish.Abstract
Maqsad: mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kundagi eng dolzarb muammolaridan biri – ta’lim sifati va bolalarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi tahlil qilinadi. Usul: ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, kuzatish va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natija: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda oila–MTT hamkorligini kuchaytirish zarurligi aniqlandi. Xulosa: bolalarni kelajak hayotiga tayyorlash uchun ta’lim mazmunini yangilash, raqamli va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari pedagoglar, tadqiqotchilar va ta’lim tashkilotchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.