ALI AL-QORIYNING QIROAT VA TAJVID ILMLARI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI

Authors

  • Djumanov Abdulhamid Muhamatlatipovich Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi katta-oʻqituvchisi, “Dorul Omon” jome masjidi imom-xatibi E-mail: Imampro.cofounder@gmail.com Tel: +99890 948 08 06 Author

Keywords:

Mulla Ali al-Qoriy, qiroat ilmi, tajvid ilmi, Qur’on ilmlari, Imom Shotibiy, Imom Jazariy, sharhlar, rasmul xat, shozz qiroatlar, islom ilmiy merosi.

Abstract

Ushbu maqolada islom olamining yirik allomalaridan biri Mulla Ali al-Qoriyning qiroat va tajvid ilmlari rivojiga qo‘shgan ilmiy hissasi tadqiq etiladi. Unda allomaning hayoti, ilmiy faoliyati, ustoz-shogirdlik silsilasi hamda qiroat sohasidagi ilmiy merosi haqida ma’lumot beriladi. Xususan, uning Imom Shotibiyning “Hirz al-amoniy” va “Aqilat atroob al-maqosid”, shuningdek, Imom Jazariyning “al-Muqaddimat al-Jazariya” asarlariga yozgan sharhlari tahlil qilinadi. Maqolada Ali al-Qoriyning qiroatlar, rasmul xat, tajvid qoidalari va shozz qiroatlarga oid qarashlari yoritilib, uning asarlari asrlar davomida qiroat ilmi ta’limida muhim manba sifatida xizmat qilgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, alloma merosining bugungi kundagi ilmiy ahamiyati va zamonaviy tadqiqotlardagi o‘rni ochib beriladi.

Downloads

Published

2026-09-13