BOR-NEYTRON QAMRASH TERAPIYASI ORQALI BOSH MIYA O‘SMALARINI SELEKTIV DAVOLASH ASOSLARI

Authors

  • Karimov Murodjon O‘zbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Yong‘in xavfsizligi akademiyasi Telefon: +998970031536 Author

Keywords:

bor-neytron ushlash terapiyasi, BNQT, glioblastoma, bor-10, epitermal neytron, biologik doza, tezlatgich, Monte-Karlo modellashtirish.

Abstract

Ushbu maqolada bosh miya o‘smalarini davolashda bor-neytron qamrash terapiyasining (BNQT) fizik, radiobiologik va klinik asoslari tahlil qilinadi. Usulning selektivligi o‘sma hujayralarida bor-10 izotopini to‘plash va keyinchalik epitermal neytronlar bilan nurlatish orqali hosil bo‘ladigan yuqori LET ga ega alfa-zarra hamda litiy-7 yadrosi hosil bo‘lishiga asoslanadi. Glioblastomani davolashning amaldagi standartlari, BNQTning reaktor va tezlatgich manbalari, bor tashuvchi birikmalar, doza komponentlari hamda klinik natijalar qiyosiy yoritildi. Shuningdek, 20 ppm bor-10 konsentratsiyasi, 109 n·cm-2·s-1 neytron oqimi va 30 minutlik nurlatish uchun soddalashtirilgan reaksiya tezligi va doza hisoblari bajarildi. Hisob natijalari BNQTda biologik dozaning bor konsentratsiyasi, neytron spektri va o‘sma/normal to‘qima nisbatiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-09-13