P.QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA “VAQT” KONSEPTINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI
Keywords:
lingvokognitiv tahlil, vaqt konsepti, konseptual metafora, badiiy matn, “Yulduzli tunlar”, Pirimqul Qodirov, leksik-semantik guruh.Abstract
Mazkur maqolada Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romani materiali asosida vaqt konseptini ifodalovchi til birliklarining lingvokognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda vaqt konsepti obyektiv-xronologik va sub'ektiv-badiiy qatlamlarga ajratib o‘rganiladi, romondagi sutka vaqtini ifodalovchi birliklar, tabiiy-kalendar vaqt, davomiylikni ifodalovchi birliklar, ketma-ketlik va chegarani bildiruvchi birliklar, tarixiy-ijtimoiy vaqt, biografik/shaxsiy vaqt, pisixologik vaqt hamda fasllarga oid leksik-semantik guruhlar, shuningdek vaqtga oid konseptual metaforalar va frazeologik birliklar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari asarda “tun” leksemasining markaziy konsept sifatidagi o‘rnini, vaqtning xotira, sog‘inch va vatan konseptlari bilan kognitiv aloqadorligini ochib beradi.
References
1. Mamanova Z. Nemis va o‘zbek tillarida vaqt konseptining lingvokulturologik talqini. – Toshkent. 2026, aprel – B: 315-319.
2. Allayorova Ch. Ingliz va o‘zbek maqollarida “vaqt” konseptining
obrazli ifodalanishi. – Toshkent. 2026, may – B: 275-278.
3. Rahimov S. “Vaqt” konseptining lingvomadaniy modeli: ingliz va
o‘zbek tillari qiyosi. – “World of Philology” Scientific Journal, Volume 5 Issue 2 | February 2026 – P: 232-239. https://doi.org/10.70728/phil.v05.i02.037
4. Kubryakova E.S. Til va bilim: kognitiv yondashuv asoslari. – Moskva, 2004, 148-bet.
5. Maslova V.A. Lingvokulturologiya asoslari. – Moskva, 2001, 57-bet.
6. Qodirov P. Yulduzli tunlar. Sharq nashriyoti: – Toshkent, 2016.