FARG‘ONA VODIYSI BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDAGI YOVVOYI FAUNA VAKILI – TRIPLOPHYSA STRAUCHII (KESSLER, 1874) NING MORFOMETRIK TAVSIFI VA POPULYATSIYA BARQARORLIGI
Keywords:
Triplophysa strauchii, Farg‘ona vodiysi, baliqchilik xo‘jaligi, yovvoyi fauna, morfometriya.Abstract
Ushbu tadqiqotda Farg‘ona vodiysi baliqchilik xo‘jaliklarida uchraydigan yovvoyi fauna vakili – Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) turning 12 ta namunasi morfometrik jihatdan tahlil qilindi. Namunalarning umumiy uzunligi (TL) 126,0–150,8 mm (o‘rtacha 136,1±7,9 mm), tana og‘irligi esa 21,6–45,3 gr (o‘rtacha 30,9±6,3 gr) oralig‘ida qayd etildi. Standart uzunlik (SL) va tana vazni (W) o‘rtasidagi korrelyatsiya tahlili o‘ta kuchli chiziqli bog‘liqlikni (R²=0,996, p<0,001) aniqladi, bu populyatsiyadagi o‘sish qonuniyatlarining yuqori barqarorligini tasdiqlaydi. Turning asosiy plastik belgilari tahlilida predorsal masofa (PRD=51,0%) orqa suzgichning tananing geometrik markazida joylashganligini ko‘rsatdi; tana balandligi (BD=20,9%) va dum bandining cho‘ziqligi (CPL/CPD=20,3%/9,3%) turning suv tubida hayot kechirishga morfologik moslashganligidan dalolat beradi. Ko‘z diametrining kichikligi (ED=17,6%) turning loyqa va kam yoritilgan muhitga adaptatsiyasini anglatadi. Meristik ko‘rsatkichlar barcha namunalarda bir xil (D III 8, A II 5) bo‘lib, o‘rganilgan populyatsiyaning tur etalon tavsifiga to‘liq mosligi isbotlandi. Bosh uzunligi (HL) eng past variatsiya (SD=0,9) bilan turning ishonchli diagnostik belgisi sifatida belgilandi.
References
1. Wang Z., Zhang L., Wei J. et al. Morphological and Histological Analysis of the Gastrointestinal Systems in Triplophysa strauchii and Triplophysa tenuis // Animals. – 2025. – Vol. 15(8). – P. 1095. https://doi.org/10.3390/ani15081095
2. Sheraliev B., Kayumova Y., Peng Z. Triplophysa daryoae, a new nemacheilid loach species (Teleostei, Nemacheilidae) from the Syr Darya River basin, Central Asia // ZooKeys. – 2022. – Vol. 1125. – P. 47–67. https://doi.org/10.3897/zookeys.1125.85431
3. Sheraliev B., Peng Z. Triplophysa ferganaensis, a new loach species from Fergana Valley in Central Asia (Teleostei: Nemacheilidae) // Journal of Fish Biology. – 2021. – Vol. 99(1). – P. 214–226. https://doi.org/10.1111/jfb.14764
4. Nie Z., Wang Z., Hao H. et al. Morphology, Age, and Growth of Triplophysa strauchii in Sayram Lake, Xinjiang, China // Animals. – 2025. – Vol. 15(7). – P. 1039. https://doi.org/10.3390/ani15071039
5. Kottelat M. Conspectus cobitidum: an inventory of the loaches of the world (Teleostei: Cypriniformes: Cobitoidei) // The Raffles Bulletin of Zoology, Suppl. – 2012. – Vol. 26. – P. 1–199.
6. FishBase. Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) – Spotted thicklip loach. www.fishbase.org [murojaat sanasi: 12.04.2026].
7. Qian S. et al. Morphological Difference Analysis of Triplophysa strauchii from Different Geographical Populations in Xinjiang // Water. – 2025. – Vol. 17(4). – P. 467. https://doi.org/10.3390/w17040467
8. Sun G. et al. Biological Traits and Isoenzymatic Characterization of Triplophysa strauchii from the Turks River // Fishes. – 2025. – Vol. 10(5). – P. 239. https://doi.org/10.3390/fishes10050239
9. Sheraliyev B., Xalimov Sh. Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani zovurlari baliqlarining uzunlik va og‘irlik munosabatlari // FarDU. Ilmiy xabarlar. – 2023. – № 3. – B. 92–97.
10. Sheraliyev B. va boshq. Length-weight relations of Triplophysa strauchii (Kessler, 1874) from the ditches of Fergana Region // FarDU Ilmiy xabarlari jurnali. – 2024. – № 3.
11. Sheraliev B., Kayumova Y., Komilova D. Morphological features of spotted thicklip loach (Triplophysa strauchii) from the inland waters of the Fergana Valley // Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Vol. 2. – P. 120 – 131.