MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQIDA BUZILISHI BO`LGAN BOLALARNING FONEMATIK IDROKINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV O`YIN TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
maktabgacha yosh, nutq buzilishi, fonematik idrok, fonematik eshituv, logopediya, interaktiv o`yin, o`yin texnologiyasi, korreksion ta’lim, tovush, fonema, nutq rivojlanishi, raqamli texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi nutqida turli xil buzilishlar kuzatiladigan bolalarning fonematik idrokini rivojlantirishda interaktiv o`yin texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va korreksion imkoniyatlari yoritilgan. Fonematik idrok bolaning tovushlarni eshitish, farqlash, tanib olish, taqqoslash va ularni nutq jarayonida to`g‘ri qo`llash qobiliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, fonematik idrokning yetarlicha shakllanmaganligi tovushlarni noto`g‘ri talaffuz qilish, tovushlarni almashtirish yoki tushirib qoldirish, bo`g‘in va so`zlarni farqlashda qiyinchiliklarga sabab bo`lishi mumkin. Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logopedik korreksiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, interaktiv o`yinlar asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Волкова Л.С. Логопедия. — Москва: Владос, 2007.
2. Лалаева Р.И. Логопедическая работа в коррекционных классах. — Москва: Владос, 2001.
3. Ткаченко Т.А. Формирование фонематического восприятия и навыков звукового анализа. — Москва: Издательство ГНОМ, 2005.