MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TOVUSH TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISHDA ARTIKULYATSION GIMNASTIKANING SAMARADORLIGI

Authors

  • Zamiraxon Abdurahimova Maxamatsoliyevna Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvchi-logoped xodimi Author

Keywords:

maktabgacha yosh, nutq, tovush talaffuzi, artikulyatsiya, artikulyatsion gimnastika, logopediya, fonematik eshitish, nutq nuqsonlari, korreksion ish, tovushlarni avtomatlashtirish.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan tovush talaffuzi kamchiliklari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ushbu nuqsonlarni bartaraf etishda artikulyatsion gimnastikaning ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha yosh davri bolaning nutqi jadal rivojlanadigan, fonematik eshitish, artikulyatsion harakatlar va to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalari shakllanadigan muhim bosqich hisoblanadi. Ayrim bolalarda til, lab, jag‘ va yumshoq tanglay harakatlarining yetarlicha rivojlanmaganligi natijasida ayrim tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovushni tushirib qoldirish, boshqa tovush bilan almashtirish yoki buzib aytish kabi kamchiliklar kuzatiladi. Bunday holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va korreksion-pedagogik ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bolaning keyingi nutqiy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

References

1. Volkova L.S. Logopediya. — Moskva: Prosveshchenie.

2. Filicheva T.B., Chirkina G.V. Ustranenie obshchego nedorazvitiya rechi u detey doshkolnogo vozrasta. — Moskva.

3. Filicheva T.B., Soboleva A.V. Razvitie rechi doshkolnika. — Moskva.

4. Konovalенко V.V., Konovalenko S.V. Artikulyatsionnaya i palchikovaya gimnastika. — Moskva.

5. Pravdina O.V. Logopediya. — Moskva: Prosveshchenie.

Downloads

Published

2026-09-13