BOSHLANGʻICH TAʼLIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OʻQITISH METODLARINING OʻRNI

Authors

  • Ahmedova Dilfuza Ummatovna Toshkent shahar Mirobod tumani 154-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, o‘qitish metodlari, 4K modeli, interfaol metod, “Jonlangan asar”, “Telefon orqali suhbat”, “Ovoz darajalari”, AKT, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy o‘qitish metodlarining o‘rni, interfaol metodlarning o‘quvchilar faolligi va ta’lim sifatiga ta’siri yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda dars jarayonida 4K modeli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta’lim vositalari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, “Jonlangan asar”, “Telefon orqali suhbat”, “Ovoz darajalari”, “O‘zingga tegishlisini top” kabi metodik yondashuvlarning amaliy imkoniyatlari ochib berilgan. Mazkur metodlarning o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Milliy o‘quv dasturi”.

3. Matchonov S. va boshqalar. O‘qish savodxonligi. 2-sinf uchun darslik. Toshkent, 2024.

4. G‘afforova T. Boshlang‘ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent: “Sharq”, 2011.

5. Ishmuhamedov R., Abduqodirov M. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2008.

6. 2-sinf, 3-qism O‘qish savodxonligi darsligi.

7. 2-sinf Informatika darsligi.

8. EduGames.uz — ta’limiy o‘yinlar va metodik resurslar portali.

ZiyoNET — jamoat ta’lim axborot tarmog‘i.

Downloads

Published

2026-09-13