SHIDDAT BILAN RIVOJLANAYOTGAN ZAMONDA TIL O‘RGANISHGA INNOVATSION VA KREATIV YONDASHUVLAR

Authors

  • Tulyaganova Sevara Abdivaxobovna Centillion Global School xuxuiy maktab O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Author

Keywords:

ona tili, xorijiy til, innovatsion ta’lim, kreativ yondashuv, zamonaviy pedagogika, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, til kompetensiyasi, kommunikativ kompetensiya, globallashuv.

Abstract

Mazkur maqolada shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy ta’lim muhitida til o‘rganish jarayoniga innovatsion va kreativ yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari rivoji sharoitida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Biroq har qanday yangi tilni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining avvalo o‘z ona tilini puxta bilishi muhim omil sifatida qaraladi. Ona tilini yaxshi egallagan o‘quvchida grammatik tafakkur, so‘z boyligi, muloqot madaniyati va fikrni aniq ifodalash ko‘nikmalari shakllangan bo‘ladi. Maqolada ona tili va xorijiy tillarni o‘rganishning o‘zaro bog‘liqligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar, sun’iy intellekt, interaktiv metodlar va kreativ yondashuvlarning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim va xorijiy tillarni o‘rganishga oid farmon va qarorlari.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’limga oid me’yoriy hujjatlari.

5. Hymes, D. On Communicative Competence. University of Pennsylvania Press.

6. Richards, J. C., Rodgers, T. S. Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.

7. Harmer, J. The Practice of English Language Teaching. Pearson Education.

Downloads

Published

2026-09-13