ALISHER NAVOIYNING “NAZM UL-JAVOHIR” ASARIDAGI AYRIM SO’ZLARNING SEMANTIK TALQINI

Authors

  • Sotvoldiyeva Bahoroy Dilmurod qizi Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi. E-mail: sotvoldiyevabahoroy@gmail.com Author
  • Yo’ldashev Ibrohim Jo’rayevich Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti “O’zbek tili va uni o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor. E-mail: ibrohimyuldashev0101@gmail.com Author

Keywords:

Alisher Navoiy, “Nazm ul-javohir”, hikmat, so’z qudrati, lug’aviy ma’no, badiiy xususiyat, mazmuniy qatlam, semantik talqin.

Abstract

Ushbu maqolada mumtoz adabiyotimizning ulkan siymosi, jahon miqyosidagi buyuk mutafakkir, ma’rifatning yo’lchi yulduzi bo’lmish Alisher Navoiyning mazmunan chuqur ma’no va mazmunga ega bo’lgan so’z durlari va hikmatlaridan iborat asari, ya’ni “Nazm ul-javohir” da keltirilgan ayrim so’zlarning semantik talqini yoritib beriladi. Mazkur asarda shoir hikmatlarni ruboiy shaklida ifodalab, unda insoniy fazilatlar va zararli illatlar haqida so’z yuritiladi. Shu bois, “Nazm ul-javohir” asari o’z davrida, qolaversa, bugungi o’zbek adabiyotida ham keng kitobxonlar ommasi uchun tushunarli bo’lib, tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Maqolada asarning tarbiyaviy jihatlari, undagi hikmatlarning mazmuniy qatlamlari, so’zlarning esa lug’aviy, majoziy va ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ushbu asar nafaqat turkiy adabiyot tarixida, balki jahon adabiyotida ham alohida o’rin tutishi isbotlanadi. Asardagi so’zlarning bugungi kundagi ahamiyati, jozibasi va badiiy xususiyati tadqiq etiladi.

References

1. Navoiy asarlari lug’ati. – T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. – 784 b.

2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. Nazm ul-javohir. Yigirma tomlik. O’n beshinchi tom. – T.: Fan nashriyoti, 1999. – 224 b.

3. O’zbek tilining izohli lug’ati. Olti jildli 3-jild. – T.: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2022. – 843 b.

4.https://n.ziyouz.com/books/alisher_navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy.%20Nazmul%20javohir.pdf

5. https://kh-davron.uz/kutubxona/alisher-navoiy/alisher-navoiy-asarlari-tilining-izohli-lugati-4-jildlik.html

Downloads

Published

2025-11-05