TIZZA BO’G’MI OSTEOARTOZI: ZAMONAVIY JAMIYATNING YASHIRIN EPIDEMIYASI

Authors

  • Xayriyev Dostonbek O’rin o’g’li G'ijduvon tumani Sog'liqni Saqlash bo’limiga qarashli 2-son Oilaviy Poliklinikasi oilaviy shifokori Author

Keywords:

tizza bo‘g‘imi, osteoartroz, tog‘ay yemirilishi, yashirin epidemiya, profilaktika, davolash, COVID-19, jarrohlik, vitamin D3, vitamin-minerallar, kam harkat, turmush tarzi, ortiqcha vazn, aholining qarishi.

Abstract

Tizza bo‘g‘imi osteoartrozi - bu zamonaviy jamiyatda eng keng tarqalgan surunkali-degenerativ bo‘g‘im kasalliklaridan biridir. Kasallik asosan bo‘g‘im tog‘ayining yemirilishi va suyak-tog‘ay kompleksining morfofunksional buzilishi bilan tavsiflanadi. So‘nggi yillarda aholining qarishi, ortiqcha vazn, kam harakat turmush tarzi va metabolik buzilishlarning ko‘payishi, vitamin D3 yetishmovchiligi va COVID-19 pandemiyasi natijasida tizza bo‘g‘imi osteoartrozining tarqalishi keskin ortib bormoqda. Ushbu jarayon ko‘plab mamlakatlarda “yashirin epidemiyaga” aylanib, insonlarning mehnat qobiliyati va hayot sifatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur maqolada tizza bo‘g‘imi osteoartrozi rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmlari, klinik belgilari, tashxis qo‘yish usullari, konservativ va jarrohlik davolash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kasallikning oldini olish choralari, xususan sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va vitamin-mineral qo‘shimchalarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

References

1. Najmetdinov Gafur Rustamovich – Osteoartroz davolash profilaktikasi (Multidisciplinary Journal of Science and Technology).

2. “Travmatologiya va ortopediya” – O‘zbekiston tibbiyot institutlari uchun darslik (prof. R. R. Xudoyqulov va boshqalar).

3. Насонова В.А., Насонова В.А. “Остеоартроз” – Moskva, 2003.

Downloads

Published

2025-11-11